Skip to content

Frontend yo'l xaritasi

Bugun noldan boshlasam, shu tartibda o'rganardim.

6 bosqich, taxminan 4-6 oy. Har bosqich sertifikat bilan emas, tugatilgan loyiha bilan yopiladi.

Bosqichlar

Avval qo'lingiz o'rgansin.

  1. 1. HTML va CSS 3-4 hafta

    Semantik teglar, Flexbox, Grid, telefon uchun moslash.

    Loyiha: Do'stlar yoki oila uchun kulgili sayt: faqat sizlar tushunadigan hazillar.

  2. 2. JavaScript 6-8 hafta

    Massiv, obyekt, funksiya, fetch. Har mavzudan keyin bo'sh fayl ochib, o'zingiz yozing.

    Loyiha: API'dan ma'lumot olib ko'rsatadigan sahifa.

  3. 3. Git va GitHub 1 hafta

    Shu kundan boshlab hamma kodingiz GitHub'da turadi.

    Loyiha: Oldingi ikki loyihani GitHub'ga joylang.

  4. 4. TypeScript va React 6-8 hafta

    Komponent, props, state, tiplar.

    Loyiha: Ro'yxat, qidiruv va filtrli kichik ilova.

  5. 5. Next.js va deploy 2-3 hafta

    Saytni Vercel'ga chiqaring. Xato ko'p chiqadi, aynan shu yerda o'rganasiz.

    Loyiha: Havolani odamlarga yuboring va fikr so'rang.

  6. 6. Test va qulaylik 1-2 hafta

    Playwright va axe-core. O'z saytimda ham shularni ishlataman.

    Loyiha: Saytingizga 5 ta test va qulaylik tekshiruvi.

AI bilan o'rganish

AI javob bermasin, o'rgatsin.

  1. O'rganing: video, hujjat.
  2. Bo'sh faylda xotiradan yozing.
  3. Chiqmasa, 20 minut o'zingiz urining.
  4. AI'dan "nega?" deb so'rang, keyin yana yozing.

AI'ga shunday yozing:

  • Javobni aytma. Savol berib, o'zim topishimga yordam ber.
  • Bu kod nega ishlaydi? Har qatorini oddiy tilda tushuntir.
  • Kodimni review qil: 3 ta muammo va sababini yoz, o'zim tuzataman.

Tushunmagan kodni nusxalamang.

Tadqiqot

Javobni o'zingiz toping.

  1. Rasmiy hujjat birinchi. MDN, react.dev, nextjs.org/docs.
  2. Xato matnini to'liq qidiring. Odatda kimdir GitHub Issues'da shuni so'ragan.
  3. AI javobini tekshiring. AI ham adashadi. Hujjat bilan solishtiring.
  4. Kutubxona tanlashdan oldin. Oxirgi commit, ochiq issue'lar, npm yuklashlar.
  5. O'z so'zingiz bilan yozib boring. Tushuntira olmasangiz, hali o'rganmagansiz.

Hozir qaysi bosqichdasiz? Telegram kanalimda izohda raqamini yozing. t.me/rasulovspeech